Tish laboratoriyangiz uchun dasturiy tizim — jarayoningizga moslab quriladi
DentaLab — tayyor qolip emas. Buyurtmalar, ishlab chiqarish bosqichlari, texniklar haqi, doktorlar hisobi va Telegram avtomatlashuvi — hammasi bitta tizimda, lekin har bir laboratoriyaning o'z ish tartibiga qarab quriladi.
Demo uchun ro'yxatdan o'tish shart emas — login: demo, parol: demo123
Butun laboratoriya — bitta ekranda
Qaysi ish qaysi bosqichda, kim ishlayapti, qaysi doktor qancha qarzdor — hammasi jonli ko'rinishda. Daftar va Excel endi kerak emas.
- Jonli holat — har bir buyurtma qaysi bosqichda ekani real vaqtda ko'rinadi
- Muddat nazorati — kechikayotgan ishlar avtomatik ajralib turadi va eslatma yuboriladi
- Rollarga bo'lingan kirish — superadmin, admin, texnik va doktor — har kim faqat o'z bo'limini ko'radi
- Qidiruv va filtrlar — bemor, doktor, xizmat yoki raqam bo'yicha bir soniyada topiladi
Laboratoriyaga kerak bo'lgan hamma narsa
Har bir modul haqiqiy laboratoriyalarning kundalik ishida sinovdan o'tgan — nazariya emas, amaliyot.
Buyurtmalar boshqaruvi
Ish qabul qilishdan topshirishgacha: xizmatlar, muddatlar, chegirmalar, naryad-raqamlar — hammasi tartibda.
Batafsil → [ 02 ]Bosqichlar va texnik haqi
Har xizmat o'z bosqichlariga bo'linadi. Texnik haqi har bosqich uchun avtomatik hisoblanadi.
Batafsil → [ 03 ]Telegram avtomatlashuvi
Yangi ish guruhga e'lon qilinadi, texnik «Qabul qilish»ni bosadi, doktor tayyor xabarini oladi.
Batafsil → [ 04 ]Doktor kabineti
Doktor o'z ishlarini, qarzini va to'lovlarini o'zi ko'radi — «ishim qachon tayyor?» qo'ng'iroqlari kamayadi.
Batafsil → [ 05 ]Moliya va hisobotlar
Kassa, kirim-chiqim, qarzdorlik, davr kesimida hisobotlar va Excel eksport.
Batafsil → [ 06 ]QR naryad-chek
Har ishga QR-kodli chek: doktor skaner qilib ishning holatini ko'radi. Chek-printer bilan ham ishlaydi.
Batafsil →Buyurtmadan topshirishgacha — 4 qadam
Buyurtma kiritiladi
Admin panelda 30 soniyada: doktor, xizmat, soni, muddat. Yoki doktor botga o'zi yuboradi.
Bosqichlar taqsimlanadi
Tizim xizmatga qarab bosqichlarni o'zi ochadi va Telegram guruhiga e'lon qiladi.
Texniklar bajaradi
Har texnik o'z bosqichini «Qabul qilish» bilan oladi, tugatgach keyingisi avtomatik e'lon qilinadi.
Topshirish va hisob
Ish tayyor — doktorga xabar ketadi, hisob yoziladi, texnik haqi avtomatik qo'shiladi.
Doktorlaringiz ham tizimning ichida
Har doktor uchun alohida kabinet: parol bilan yoki Telegram orqali parolsiz kirish. Laboratoriya bilan aloqa endi qo'ng'iroq emas — tizim.
- Ishlar ro'yxati — doktor o'z ishlarining holatini istalgan payt ko'radi
- Hisob-kitob — qarzdorlik, to'lovlar tarixi va chegirmalar — shaffof
- Elektron ishlar — skan, STL va rasmni to'g'ridan-to'g'ri botga yuboradi
- Avto-xabarlar — ish tayyor bo'lishi bilan Telegram'da xabar oladi
Jonli loyihalar — reklama emas, dalil
Quyidagi har bir tizim hoziroq ochib ko'rsa bo'ladigan, har kuni haqiqiy laboratoriya ishlatayotgan mahsulot.
ZirconLab
zirconlab.uzFarg'onadagi sirkon laboratoriyasi: qora-oltin brend, 4 tilli sayt, QR naryad-chek va to'liq Telegram oqimi.
DentaForm
dentaform.uzFarg'ona laboratoriyasi: PWA + nativ iOS, elektron ish oqimi, Google Maps SEO va o'z brend-kitobi bilan.
CifraLab
cifralab.uzRaqamli xirurgik shablon markazi: DICOM/STL oqimi, taklif-tasdiqlash tizimi, magazin va chek-printer agenti.
ImplantLab
implantlab.uzSoddalashtirilgan oqimli laboratoriya: bitta «Tayyor» tugma, USD narxlar kurs-snapshot bilan, 7 kunlik avto-eslatma.
Bekbutaev Lab
Bekbutaev Dental LabJizzaxdagi laboratoriya: ikki valyutali hisob, forum-mavzulali guruh, avans tizimi va murakkab bosqich qoidalari.
Barcha loyihalarni ko'rish
5 ta jonli tizim — har biri alohida hikoya
Ishonchli, oddiy va tezkor stack
Oddiy va halol narx
Yashirin to'lovlar yo'q. Birinchi yil — qurish yili, keyin faqat hamrohlik.
Tizim noldan sizning laboratoriyangizga moslab quriladi va to'liq joriy qilinadi.
Narxlarni batafsil ko'rishTizim qurilib bo'lgan — endi faqat barqaror ishlashi va rivojlanishi uchun hamrohlik.
Narxlarni batafsil ko'rishLaboratoriyangiz tizimini birga quramiz
Ariza qoldiring — jarayoningizni o'rganib, tizim qanday ko'rinishini aniq ko'rsatamiz. Majburiyatsiz.