[ Narxlar ]
Oddiy va halol narx
Obuna emas — hamkorlik. Birinchi yil tizim sizning laboratoriyangizga qarab quriladi, keyin faqat hamrohlik uchun to'laysiz.
BIRINCHI YIL
Qurish yili
$40/ oy
yoki $400 / yil — 2 oy tejamkor
Tizim noldan sizning laboratoriyangizga moslab quriladi va to'liq joriy qilinadi.
- Jarayoningizga moslab sozlash: xizmatlar, bosqichlar, texnik haqlari
- Laboratoriya uchun alohida sayt va domen
- Mavjud ma'lumotlarni ko'chirish (doktorlar, narxlar, qarzdorlik)
- Telegram-bot va guruhlarni sozlash
- Jamoa uchun trening va yo'riqnomalar
- Texnik qo'llab-quvvatlash va yangilanishlar
2-yildan boshlab
$30/ oy
yoki $300 / yil — 2 oy tejamkor
Tizim qurilib bo'lgan — endi faqat barqaror ishlashi va rivojlanishi uchun hamrohlik.
- Server, domen va SSL — hammasi bizning zimmamizda
- Har kuni avtomatik zaxira nusxa (03:00)
- Texnik qo'llab-quvvatlash Telegram orqali
- Kichik o'zgartirishlar va yaxshilashlar
- Yangi umumiy imkoniyatlar bepul qo'shiladi
Narxlar AQSH dollarida ko'rsatilgan, to'lov so'mda ham qabul qilinadi (joriy kurs bo'yicha). To'lov usullari: Click, Payme yoki naqd. Yillik to'lovda 2 oy tejaysiz.
[ FAQ ]
Ko'p beriladigan savollar
Admin panel oddiy o'zbek tilida va laboratoriya atamalari bilan yozilgan. Joriy qilish paytida jamoangizga trening o'tkazamiz, texniklar esa faqat Telegram'da «Qabul qilish» tugmasini bosishadi — alohida dastur o'rganish shart emas.
Aynan shu — bizning asosiy farqimiz. Tizim tayyor qolip emas: xizmatlar, bosqichlar, haq hisoblash qoidalari va Telegram oqimi har laboratoriyaga alohida sozlanadi. Jonli 5 ta tizimning har biri bir-biridan farq qiladi.
Har laboratoriya uchun alohida ma'lumotlar bazasi ochiladi, boshqa hech kim ko'ra olmaydi. Har kuni soat 03:00 da avtomatik zaxira nusxa olinadi va shifrlangan holda alohida joyda saqlanadi. Sayt SSL bilan himoyalangan.
Tizim bulutda ishlaydi, shuning uchun internet kerak. Buning afzalligi: telefon, planshet yoki kompyuter — istalgan qurilmadan, istalgan joydan kirish mumkin, hech narsa o'rnatish shart emas.
Joriy qilishda doktorlar ro'yxati, narxlar va boshlang'ich qarzdorlikni birga kiritamiz — tizim birinchi kundan haqiqiy raqamlar bilan ishlaydi.
Ha. Narxlar barqarorlik uchun dollarda belgilangan, ammo to'lov joriy kurs bo'yicha so'mda qabul qilinadi — Click, Payme yoki naqd.
Tizim server, domen, SSL, zaxira nusxa va doimiy qo'llab-quvvatlash bilan birga keladi. Bir martalik sotuvda bularning bari birinchi muammoda to'xtab qoladi. Bizning modelda tizim yashashi va rivojlanishi — bizning ham manfaatimiz.
Ariza qoldirasiz, biz bog'lanib laboratoriyangiz jarayonini o'rganamiz, kelishamiz — odatda 1-2 hafta ichida tizim ishga tushadi.
[ Boshlaymizmi ]
Laboratoriyangiz tizimini birga quramiz
Ariza qoldiring — jarayoningizni o'rganib, tizim qanday ko'rinishini aniq ko'rsatamiz. Majburiyatsiz.