DentaLab maxfiylikni jiddiy qabul qiladi. Bu hujjat qanday ma'lumotlarni yig'ishimiz, qanday ishlatishimiz va qanday himoya qilishimizni tushuntiradi.
1. Qanday ma'lumotlar yig'iladi
Sizning ma'lumotlaringiz: ism, telefon, laboratoriya nomi — ro'yxat va aloqa uchun. Mijozlaringiz ma'lumotlari: bemor ismi, doktor, buyurtma tarixi — siz kiritasiz, tizimda saqlanadi. Texnik ma'lumotlar: IP, brauzer, kirish vaqti — xavfsizlik uchun.
2. Qanday ishlatiladi
Faqat: tizim ishlashini ta'minlash, texnik yordam, to'lovlarni qayd etish, yangilanishlar haqida xabar (xohlasangiz) va anonim statistika uchun.
3. Uchinchi shaxslar
Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va bermaymiz. Istisno: hosting (Hetzner), Telegram (bot ishlatilsa) va qonuniy talab — rasmiy hujjat asosida.
4. Xavfsizlik
SSL/TLS shifrlash, bcrypt parol hashing, CSRF himoyasi, har kunlik avtomatik backup, Germaniyadagi Hetzner data-markazi.
5. Cookie
Faqat texnik cookie (sessiya, CSRF). Reklama va kuzatuv cookie'lari, Google Analytics, Facebook Pixel — ishlatilmaydi.
6. Sizning huquqlaringiz
Ma'lumotlarni ko'rish va o'zgartirish, Excel eksport, to'liq o'chirish so'rovi, xabarlardan voz kechish — barchasi sizning huquqingiz.
7. Saqlash muddati
Aktiv mijoz ma'lumotlari xizmat davomida saqlanadi. Akkaunt yopilgach 30 kun, keyin to'liq o'chiriladi. To'lov tarixi qonun bo'yicha 5 yil saqlanadi.