Imkoniyatlar

Kichik laboratoriyaga ham, yirik markazga ham yetadi

Har laboratoriyaning o'z jarayoni bor. Shuning uchun DentaLab har mijozga alohida o'rnatiladi va kerakli joyi qayta quriladi: bosqichlaringiz, narxlaringiz, chek formatingiz, hattoki yangi modullar — hammasi sizniki bo'lib chiqadi.

Buyurtmalar boshqaruvi

Har buyurtma — alohida karta: doktor, bemor, xizmatlar, tishlar formulasi, rang, muddat, chegirma. Qidiruv va filtrlar bilan.

Doktor kabineti

Har doktor parolsiz havola orqali kiradi: ishlari, holati, qarzi, to'lov tarixi. Qo'ng'iroqlar keskin kamayadi.

Texniklar va bosqichlar

Har xizmat o'z bosqichlariga bo'linadi. Texnik bosqichni oladi, yopadi — haqi avtomatik balansda. Oylik yoki bosqichbay rejim.

Telegram avtomatlash

Yangi ish, bosqich almashinuvi, tayyor ish, eslatmalar — hammasi guruhlarga o'zi yoziladi. Alohida ilova o'rgatish shart emas.

Moliya paneli

Kassa, kirim-chiqim, harajatlar, yetkazib beruvchi qarzlari, sof foyda. FIFO qarz hisobi — to'lov eng eski qarzdan yopiladi.

Hisobotlar va Excel

Davr bo'yicha tushum, doktorlar reytingi, xizmatlar taqsimoti. Istalgan jadval bir tugma bilan Excel'ga chiqadi.

Elektron ishlar

Skan va dizayn fayllari (STL, rasm) buyurtmaga biriktiriladi, doktor bilan fayl almashinuv tizim ichida yuradi.

Chek va kassa

Ish tayyor bo'lganda 58mm POS-chek avtomatik chiqadi. Kunlik yakun — bitta tugma.

Peredelka rejimi

Qaytgan ish bir tugma bilan qayta ochiladi, bosqichlari reset bo'ladi, peredelka haqi alohida sozlanadi.

Gapga ishonmang — ko'ring

Jonli demo: haqiqiy tizim, haqiqiy ma'lumotlar

DentaLab
DentaLab
DentaLab
Asosiy farqimiz

Tizim sizga moslashadi — siz tizimga emas

DentaForm

Elektron ishlar oqimi: doktor skan yuboradi, laboratoriya qabul qiladi yoki qaytaradi — hammasi tizim ichida, fayl tarixigacha saqlanadi.

CifraLab

Jarrohlik shablonlari laboratoriyasi: taklif tizimi, texnikka ish taklifi, garov va avto naryad-chek — noldan ular uchun qurilgan modul.

Bekbutaev Lab

USD narxlar kurs bilan qotiriladi, elektron ishlarga bir nechta fayl, texniklarga fayl-tugma — ularning talabiga ko'ra qo'shilgan.

ZirconLab

Doktorlar parolsiz, bir havola bilan kabinetiga kiradi. Sayt, brend, botlar — yagona uslubda yig'ib berilgan.